Suv tarkibidagi mikroblarning umumiy soni, ta’mi, hidi, rangi, loyqaligi, kimyoviy birikmalar miqdori hamda zararsizlantirish jarayonidan keyingi qoldiq xlor miqdori maxsus laboratoriya sharoitida tekshiriladi.
🔬 Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tumani bo‘limi mutaxassislari reja asosida tumanning xarakterli nuqtalaridan ichimlik suvi namunalarini olib, ularni sanitar-kimyoviy va bakteriologik tahlillardan o‘tkazdi.
📊 Natijalar shuni ko‘rsatdiki, tuman aholiga yetkazilayotgan ichimlik suvining kimyoviy va bakteriologik tarkibi belgilangan sanitariya-gigiyena me’yorlariga to‘liq mos keladi.
🚰 Reja-jadval asosida muntazam o‘tkazilayotgan tahlillar orqali ichimlik suvining sifati va xavfsizligi izchil nazorat qilib borilmoqda. Bu esa aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati