Bosh sahifa / Shifoxona ichi infeksiyalarini oldini olish maqsadida bakteriologik tekshiruv o‘tkazildi

Shifoxona ichi infeksiyalarini oldini olish maqsadida bakteriologik tekshiruv o‘tkazildi

🏥Shifoxona ichi infeksiyalarini erta aniqlash va ularni tarqalishining oldini olish maqsadida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo'limi mutaxassislari tomonidan tumanidagi 69-sonli oilaviy poliklinikada bakteriologik tekshiruv ishlari o‘tkazildi.

⚠️ Tekshiruv jarayonida:

➖tashqi muhit obyektlaridan (palata, muolaja xonalari, jarrohlik bloklari, laboratoriya jihozlari va asbob-uskunalardan) surtma namunalar olindi;
➖tibbiyot xodimlarining qo‘llari va maxsus kiyimlarining mikrobiologik tozaligi o‘rganildi;
➖dezinfeksiya va sterilizatsiya jarayonlari sifat jihatidan baholandi.

✍️Qayd etish joizki, laboratoriya tekshiruvlari natijasida infeksiya manbalari aniqlanib, aholi o‘rtasida shifoxona ichi infeksiyalarini oldini olish bo‘yicha tegishli choralar belgilab beriladi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


28-10-2025, 09:00
Ortga qaytish