Chilonzor tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan hamshiralar uchun amaliy seminar tashkil etildi.
👩⚕️ Tadbirda tuman prokurori yordamchisi, Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tuman bo‘limi mutaxassislari hamda Respublika o‘rta tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish bilim yurti pedagogi ishtirok etdi.
📘Seminarning asosiy maqsadi — hamshiralar bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, shuningdek, sanitariya qoidalari va me’yorlariga qat’iy amal qilgan holda faoliyat yuritishni tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
🩺 Ishtirokchilar gigiyena talablari, bolalar salomatligini saqlashda hamshiraning o‘rni hamda tibbiy hujjatlarni yuritish tartibi yuzasidan amaliy tavsiyalar oldilar.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati