Bosh sahifa / Poliklinikada sanitariya nazorati olib borildi

Poliklinikada sanitariya nazorati olib borildi

📝 Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tumanda joylashgan 60-sonli oilaviy poliklinikada navbatdagi reja asosidagi profilaktik tekshiruv nazorati o‘tkazildi.

🔍 Tekshiruv jarayonida muassasaning barcha bo‘limlari hamda xonalarida sanitariya-gigiyena holati sinchiklab o‘rganildi.

Tadbir davomida:

✅Asbob-uskunalarning tozaligi va sterilizatsiya jarayoni,
✅Xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik holati,
✅Ish joylarining ventilyatsiya va yoritilish talablari,
✅Xonalar harorati, suv ta’minoti va chiqindilarni to‘g‘ri yo‘qotish tizimi kabi masalalar batafsil ko‘rib chiqildi.

👩‍⚕️ Tadbirning asosiy maqsadi — aholiga, ayniqsa bolalarga sifatli va xavfsiz tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, tibbiyot muassasalarida toza va sog‘lom muhit yaratish hamda yuqumli kasalliklarning oldini olishdir.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


27-10-2025, 15:30
Ortga qaytish