Bosh sahifa / Sifati kafolatlanmagan konserva mahsulotlari savdodan olindi

Sifati kafolatlanmagan konserva mahsulotlari savdodan olindi

Uchtepa tumanidagi Farhod dehqon bozorida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tumani bo'limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida sifati kafolatlanmagan 13 litr konserva mahsulotlari va 5 kg uy sharoitida tayyorlangan tuzlangan mahsulotlar aniqlanib, savdodan olib tashlandi.


‼️Mazkur tadbir iste’molchilarning salomatligini himoya qilish, bozorlarda realizatsiya qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifat va xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

⚠️ Ta’kidlash joizki, uy sharoitida tayyorlangan konserva va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ko‘p hollarda ishlab chiqarish gigiyena talablariga to‘liq amal qilinmagani sababli inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Bunday mahsulotlarda botulizm, ichak infeksiyalari va oziq-ovqat bilan zaharlanish holatlari kuzatilishi mumkin.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


27-10-2025, 13:09
Ortga qaytish