Bosh sahifa / Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, tariximiz va ma’naviyatimizning uzviy qismidir

Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, tariximiz va ma’naviyatimizning uzviy qismidir

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi jamoasi siz, aziz hamyurtlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat tili kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Ona tilimiz  yuragimizda milliy g‘urur, tafakkurimizda iftixor uyg‘otuvchi, ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib qolgan eng bebaho boylikdir.

Jamoat salomatligini saqlash va sog‘lom avlodni tarbiyalash yo‘lida xizmat qilayotgan har bir xodim uchun davlat tilida to‘g‘ri, ravon va samimiy muloqot yuritish – xalqimizga hurmat va sadoqat ifodasidir.

Ona tilimiz doimo e’zozda bo‘lsin, uning jarangida birlik, ezgulik va ma’naviyat aks etaversin! Tilimizni asrash — millatimiz sha’nini asrash demakdir.

Davlat tili kuni muborak bo‘lsin!
Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz salomatligi va tilimiz sha’ni yo‘lida birgalikda xizmat qilaylik!

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


21-10-2025, 10:00
Ortga qaytish