Bosh sahifa / “Askiya” dehqon bozori savdo rastalari nazoratdan o‘tkazildi

“Askiya” dehqon bozori savdo rastalari nazoratdan o‘tkazildi

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo‘limi xodimlari hamda Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari tomonidan muntazam ravishda olib borilayotgan nazorat tadbirlari doirasida “Askiya” dehqon bozorida keng qamrovli o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

🔎 Tekshiruvdan asosiy maqsad:

Bozorda sotilayotgan mahsulotlarning sifatini ta’minlash;
Iste’molchilar salomatligiga xavf tug‘diradigan mahsulotlarning oldini olish;
Muddati o‘tgan yoki noto‘g‘ri saqlangan mahsulotlarni savdodan chiqarish;
Sotuvchilarning maxsus kiyimlarda bo‘lishi va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etishini nazorat qilish.

☝️ O‘rganishlar davomida savdoda iste’molga yaroqsiz mahsulotlar aniqlandi. Xususan:

🌶 4,5 litr garimdori;
🐟 4 kg baliq salati;
🍗 16 kg tovuq ichki a’zolari savdodan olindi. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


16-10-2025, 13:00
Ortga qaytish