Bosh sahifa / Ta'lim tashkilotlarida dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirildi

Ta'lim tashkilotlarida dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirildi

O‘tkir yuqumli ichak kasalliklarida kasallik qo‘zg‘atuvchilarining manbai bemor va bakteriya tashuvchilar hisoblanadi. Ular qo‘zg‘atuvchilarni tashqi muhitga asosan o‘zlarining axlatlari bilan chiqaradi va atrof muhitni shu kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari bilan ifloslantiradi. 


‼️Kuni kecha Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limi dezinfektorlari tomonidan tumanda joylashgan davlat ta'lim tarbiya tashkilotlarida o‘tkir ichak kasalligi qayd etilganligi sababli  dezinfeksiya ishlari  amalga oshirildi.

✅O‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining oldini olishda tashqi muhitni, xususan, ochiq suv havzalarini ifloslanishini oldini olish, shaxsiy gigiyena qoidalariga puxta amal qilish, sifatli suv va oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish  o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarning oldini olish garovidir.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


10-10-2025, 16:30
Ortga qaytish