Bosh sahifa / Targ‘ibot ishlarining samaradorligi muhokama qilindi

Targ‘ibot ishlarining samaradorligi muhokama qilindi

‼️Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Axborot xizmati tomonidan tuman bo‘limlarining OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

✅Unda joriy yil davomida amalga oshirilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari sarhisobi, aniqlangan kamchiliklar hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

🔹 Amaliy seminarning asosiy maqsadi – tuman bo‘limlari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni sohadagi islohotlardan xabardor qilish hamda huquqiy targ‘ibot ishlari samaradorligini yanada kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

🔹Shuningdek, yig‘ilishda huquqiy targ‘ibot ishlari bo‘yicha reja va hisobotlarni shakllantirishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


10-10-2025, 14:36
Ortga qaytish