Bosh sahifa / Botulizm xavfini tug'diruvchi 50 turdagi konserva mahsulotlari savdodan olindi

Botulizm xavfini tug'diruvchi 50 turdagi konserva mahsulotlari savdodan olindi

‼️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Sebzor dahasida joylashgan oziq-ovqat savdo do‘konlarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida ayrim fuqarolar tomonidan tayyorlanish sharoiti va ishlab chiqarilgan sanasi noma’lum, shuningdek noto‘g‘ri tarzda saqlanayotgan jami 50 turdagi konservalar aniqlanib, belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

🦠 Savdo do‘konlarida mahsulotlarning sifati va xavfsizligi qat’iy nazoratga olindi, shuningdek sotuvchilarga uy sharoitida tayyorlangan, qadoqlanmagan yoki ishlab chiqarilgan sanasi ko‘rsatilmagan mahsulotlarni sotmaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Bunday tadbirlar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


8-10-2025, 15:15
Ortga qaytish