Bosh sahifa / Maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya nazorati o‘tkazildi

Maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya nazorati o‘tkazildi

‼️Bolajonlar qatnaydigan maskanlarda tozalik va xavfsizlik — ularning sog‘lom o‘sishi uchun eng muhim omillardan biridir. Shu bois Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan 108-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida rejalashtirilgan sanitariya nazorati o‘tkazildi.

🔍 Tekshiruv davomida:

➖ kunlik taomnomaning to‘g‘ri tashkil etilishi;
➖ “Toza qo‘llar” dasturi bo‘yicha yaratilgan sharoitlar;
➖ idish-tovoqlarning tozalanish holati;
➖ o‘yingoh va xonalar gigiyenik holati;
➖ tibbiyot xonasidagi dori vositalarining yaroqliligi;
➖ xodimlar hamda bolalarning tibbiy ko‘rik daftarlari atroflicha o‘rganildi.

⚠️ Nazorat jarayonida ayrim kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda qonuniy tartibda choralar ko‘rildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


9-10-2025, 15:14
Ortga qaytish