Oziq-ovqat mahsulotlari sifatini ta’minlash, aholining salomatligini himoya qilish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tuman bo‘limi rahbari Olim Anvarov boshchiligida mutaxassislar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
‼️Shu doirada "Yangi Choshtepa" MFY hududida faoliyat yuritayotgan oziq-ovqat do‘konida oʻrganish o‘tkazildi.
✅Tadbir davomida noma’lum sharoitda tayyorlangan, sifati kafolatlanmagan 19 kg tuzlama mahsuloti aniqlanib, savdodan olinib, tegishli tartibda brakeraj qilindi.
✅Mutaxassislar tadbirkorga mahsulot tayyorlash sharoiti, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati va ishlab chiqaruvchi haqida to‘liq ma’lumot ko‘rsatilmagan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish aholining sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkinligini tushuntirdi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati