Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tumani bo‘limi xodimlari tomonidan “IYMON MEDICAL SBJ” xususiy klinikasida sanitariya-gigiyena holatini baholash va mikrobiologik ko‘rsatkichlarni aniqlash maqsadida bakteriologik tahlil uchun surtma namunalari olindi.
🧪Shartnoma asosida jarrohlik asboblari, bog‘lov materiallari, surtma namunalar hamda klinika xonalaridagi havodan bakteriologik tahlil uchun namunalar olindi.
✅Mazkur tadbir aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligini ta’minlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda sanitariya qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida amalga oshirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati