Bosh sahifa / Boshqarma xodimlari uchun "Siyosiy ma’rifat soati" tashkil etildi

Boshqarma xodimlari uchun "Siyosiy ma’rifat soati" tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga muvofiq, davlat xizmatchilarining siyosiy savodxonligi va ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish maqsadida har juma kuni mamlakatimiz bo‘ylab “Siyosiy ma’rifat soati” muntazam o‘tkazib kelinmoqda.


‼️ Navbatdagi siyosiy-ma’rifiy dars Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasida bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma xodimlari faol ishtirok etib, kunning dolzarb mavzulari, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar hamda xalqaro voqealarga oid eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishdilar.

🔹 Ma’rifat soati davomida davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan tashqi siyosiy tashabbuslar, yuqori darajadagi uchrashuvlar va davlat tashriflari yuzasidan ham batafsil ma’lumotlar yetkazildi.

👉 Ushbu tashabbus xodimlarning siyosiy ongi va dunyoqarashini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


3-10-2025, 16:30
Ortga qaytish