Bosh sahifa / Bektemirda iste'molga yaroqsiz mahsulotlar brakeraj qilindi 

Bektemirda iste'molga yaroqsiz mahsulotlar brakeraj qilindi 

‼️Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo'limi mudiri Mohira Ahmedova hamda mutaxassislar tomonidan tumandagi Qo‘yliq dehqon bozori hududida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati yuzasidan navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazildi. 

✅Natijada fuqarolar tomonidan noma'lum sharoitda tayyorlangan, organoleptik xususiyatlari buzilgan va iste'molga yaroqsiz deb topilgan mahsulotlar: 

🍐35 kg miqdorda nok;
🍑 15 kg shaftoli;
🍊15 kg mandarin; 
🥬18 kg karamli salat; 
🍗12 kg tovuq go‘shti va aʼzolari; 
🥫27 litr pomidor va bodring marinadlari; 
🍰8 kg qandolat mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi va o‘rnatilgan tartibda yo'q qilindi. 

⚠️Fuqarolar bilan ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi va qonunda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


30-09-2025, 09:12
Ortga qaytish