Bosh sahifa / Shifoxona ichi infeksiyalarini oldini olish bo‘yicha bakteriologik tekshiruv o‘tkazildi

Shifoxona ichi infeksiyalarini oldini olish bo‘yicha bakteriologik tekshiruv o‘tkazildi

‼️Shifoxona ichi infeksiyalarini erta aniqlash va ularni tarqalishining oldini olish maqsadidaSanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo'limi Bakteriologik laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan 4-son Tug'ruq kompleksida  bakteriologik tekshiruv ishlari o‘tkazildi.

⚠️ Tekshiruv jarayonida:

➖tashqi muhit obyektlaridan (palata, muolaja xonalari, jarrohlik bloklari, laboratoriya jihozlari va asbob-uskunalardan) surtma namunalar olindi;
➖tibbiyot xodimlarining qo‘llari va maxsus kiyimlarining mikrobiologik tozaligi o‘rganildi;
➖dezinfeksiya va sterilizatsiya jarayonlari sifat jihatidan baholandi.

✅ Qayd etish joizki, laboratoriya tekshiruvlari natijasi orqali shifoxona ichi infeksiyasi manbalari aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilab beriladi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


29-09-2025, 09:11
Ortga qaytish