Bosh sahifa / Bolalar salomatligi – ustuvor vazifa!

Bolalar salomatligi – ustuvor vazifa!

‼️Bektemir tumanidagi 290- va 582-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari oshxonalarida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod O‘ktamov hamda Bektemir tumani bo‘limi mutaxassislari ishtirokida navbatdagi monitoring o‘tkazildi.

🔎 Tekshiruv jarayonida tarbiyalanuvchilarning sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillar – mahsulotlarning sifati, yaroqlilik muddati va ishlab chiqaruvchi korxona ma’lumotlari sinchkovlik bilan o‘rganildi.

🛡️ Ushbu nazorat tadbirlari bolalar o‘rtasida ovqatdan zaharlanish va o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarini oldini olish, ularning sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini ta’minlashga qaratilgan.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


29-09-2025, 09:09
Ortga qaytish