‼️Sergeli tumanidagi 47-sonli davlat umumta'lim maktabida bolalar o'rtasida qayd etilgan o'tkir yuqumli ichak kasalligi holati yuzasidan hamda "Toza qo'llar" dasturi ijrosi bo'yicha sanitariya-epidemiologik nazorat o'tkazildi.
🔎Nazorat davomida quyidagi qator kamchiliklar aniqlandi:
➖ertalabki saralash ishlarini sifatsiz o'tkazilayotgani, kasallik belgilari bo'lgan o'quvchilarni faol aniqlanmasligi;
➖Sport zal yuvinish xonasining ishlamasligi, santexnik nosozliklar sababli yopib qo'yilgani;
➖"Toza qo'llar" dasturiga amal qilinmasligi, hojatxonalarda, oshxona qo'l yuvish vositalari bilan ta'minlanmagani;
➖oshxonada taqiqlangan mahsulotlar bilan savdo qilinayotgani, brakeraj komissiyasi nazoratining sustligi;
➖5 nafar pedagog xodimlarning tibbiy ko'rik muddati o'tganligi;
➖maktabda profilartik dezinfeksiya tadbirlarini o'tkazish bo'yicha bo'lim tomonidan shartnomalar tuzilmaganligi aniqlandi.
📝Aniqlangan kamchiliklar asosida maktab rahbariga ma'muriy bayonnoma qo'llanilib, kamchiliklarni bartaraf qilinish bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati