Bosh sahifa / Noma’lum sharoitda tayyorlangan mahsulotlar brakeraj qilindi

Noma’lum sharoitda tayyorlangan mahsulotlar brakeraj qilindi

‼️ Oziq-ovqatdan zaharlanishni oldini olish maqsadida, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi xodimlari tomonidan Mirobod dehqon bozorida nazorat tadbiri olib borildi.

🔎O'rganishlar davomida noma’lum uy sharoitida tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari aniqlandi. Jumladan, 9 kg lag‘mon xamiri, 2 kg mampar xamiri va 2 kg chuchvara xamiri tayyorlanib, iste’mol uchun saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.

🚫 Mazkur mahsulotlar aholining sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi, ovqatdan zaharlanish, o'tkir yuqumli ichak kasalliklarini keltirib chiqarish ehtimoli mavjudligi sababli,  iste’molga yaroqsiz deb topildi va ular sanitariya qoidalariga muvofiq brakeraj qilindi.

⚠️ Eslatib o'tamiz, uy sharoitida tayyorlangan, sanitariya talablariga javob bermaydigan mahsulotlarni sotib olish yoki iste’mol qilish xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


25-09-2025, 15:30
Ortga qaytish