Gijja kasalligi bilan kasallanish asosan maktab va bog'cha yoshdagi o'quvchilar o'rtasida ko'p hollarda uchratishimiz mumkin. Bunga sabab esa ularni sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilmasliklari.
⚠️Shu sababli Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo'limi mutaxassislari maktab tibbiyot xodimlari bilan birgalikda tumandagi 337-sonli umumta'lim maktabining 179 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan laboratoriya tahlillari o‘tkazish uchun namunalar olindi.
🔬Namunalar (perianal soskob) ya'ni qirindi usulida olindi va tuman parazitologiya laboratoriyasiga tekshirish uchun olib kelindi. Tekshiruvlar davomida 2 nafar o‘quvchining soskob namunasida ostritsa tuxumlari aniqlandi.
✅Ushbu holat yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati