Bosh sahifa / Noma'lum sharoitda tayyorlangan konserva mahsuloti savdodan olindi

Noma'lum sharoitda tayyorlangan konserva mahsuloti savdodan olindi

Sifatsiz mahsulot iste’moli — nafaqat mablag‘ni zoye ketkazadi, balki inson salomatligiga ham jiddiy xavf tug‘diradi.

‼️Eski Juva dehqon bozorida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tuman bo‘limi mutaxassislari hamda Veterinariya sanitariya-ekspertiza laboratoriyasi xodimlari muntazam nazorat tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda.

🔎 Navbatdagi reyd davomida fuqarolar tomonidan uy sharoitida tayyorlangan, sifatini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, botulizm kasalligini keltirib chiqarish xavfi yuqori bo'lgan 40 litr konserva mahsuloti aniqlanib, belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

📍Eslatib o'tamiz, noma'lum sharoitda tayyorlangan va noto'g'ri sharoitda saqlanayotgan mahsulotlarni iste'mol qilish o'tkir yuqumli ichak kasalliklari va og'ir zaharlanishga sabab bo'ladi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


22-09-2025, 18:00
Ortga qaytish