Bosh sahifa / Fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etilmoqda

Fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etilmoqda

‼️"Inoqobod" mahallasida yashovchi fuqaroning murojaatiga ko'ra, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo'limi mudiri Dilnoza Ahmedova hamda mas'ul mutaxassislar, shuningdek mahalla raisi, profilaktika inspektori, "Maxsustrans" xizmati hamkorligida Sayhun ko'chasidagi xonadonda o'rganish o'tkazildi.

📝 Murojaatga ko'ra, ushbu hududda belgilanmagan joyda, noqonuniy tarzda atrofni o'rab, turli xildagi maishy chiqindilarni to'plab borishi va buning oqibatida noxush hid va kasalliklarga sabab bo'luvchi omillar tarqalishini oldini olish uchun amaliy yordam so'rab shikoyat bildirgan.

✅ Mazkur murojaatda keltirilgan e'tirozlar asosli bo'lgani bois, muammoni o'z vaqtida bartaraf etish uchun barcha chiqindilar maxsus joylarga olib ketildi va noqonuniy qurilmalarni buzdirish ishlari tashkil etildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


22-09-2025, 16:00
Ortga qaytish