Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini taʼminlash va aholining salomatligini saqlash maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi xodimlari tomonidan bozor rastalarida mahsulotlar sifati tekshirildi.
🔎 O‘rganishlar davomida Qo‘yliq dehqon bozori hududida iste’molga yaroqsiz holatga kelib qolgan va inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlar:
11kg baliq;
8 kg karam salati;
32 kg mandarin;
10 litr yog‘-moy mahsuloti (ikkilamchi idishlarda);
9 litr bodring va pomidor marinadi savdodan olindi va belgilangan tartibda brakeraj qilindi.
⚠️Shunigdek, aniqlangan holatlar yuzasidan sotuvchilarga nisbatan ogohlantiruvchi sanitariya targ‘ibot ishlari olib borildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati