Bosh sahifa / Skrining markazi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda

Skrining markazi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda

‼️Joriy yilning belgilangan ish rejasi doirasida Uchtepa tumani 23, 24, 25, 62-oilaviy poliklinikalarda joylashgan skrining markazining faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. Mazkur jarayon Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi hamda Uchtepa tumani bo'limi xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

🔎Tekshiruv jarayonida qarorda belgilangan vazifalarning bajarilishi, jumladan:

➖virusli gepatit B va C turlarini erta aniqlash bo‘yicha skrining ishlari;
➖laboratoriya tekshiruvlarini tashkil etish uchun moddiy-texnik baza;
➖natijalarni yagona elektron reyestrga kiritish;
➖xodimlarning sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etishi
holatlari ko‘zdan kechirildi.

✅O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, virusli gepatit va boshqa dolzarb infeksiyalarning oldini olish, profilaktik ishlarni samarali tashkil etish hamda PQ-243-sonli qarorda belgilangan topshiriqlarni sifatli bajarilishini ta’minlashdir.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


15-09-2025, 14:30
Ortga qaytish