Bosh sahifa / Sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari savdosi to‘xtatildi

Sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari savdosi to‘xtatildi

✅ Aholining salomatligini asrash va ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi xodimlari tomonidan bozor rastalarida mahsulotlar sifati tekshirildi.

🔎 O‘rganishlar davomida Qo‘yliq dehqon bozori hududida iste’mol uchun xavfli, sifatsiz va noma’lum sharoitda tayyorlangan mahsulotlar:

🥛 10 litr ayron ichimligi;
🥛 10 litr sut mahsuloti (ikkilamchi polietilen idishlarda saqlangan);
🥗 12 kg karam salati;
🍌 8 kg banan;
🍊 11 kg mandarin;
🍬 5 kg qandolat mahsulotlari;
🛢 10 litr yog‘ moy mahsuloti (ikkilamchi idishlarda);
🍗 9 kg tovuq go‘shti;
🐄 12 kg mol ichki a’zolari savdodan olindi va belgilangan tartibda brakeraj qilindi.

📋 Sotuvchilar va bozor ma’muriyatiga tushuntirish ishlari o‘tkazildi, dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


15-09-2025, 13:00
Ortga qaytish