Bosh sahifa / Yakkasaroy tumani xodimlari nazoratida 3,2 mln dona dori vositasi yoʻq qilindi

Yakkasaroy tumani xodimlari nazoratida 3,2 mln dona dori vositasi yoʻq qilindi

👮🏼‍♂️Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining ijro varaqasiga asosan, “Quramax Medical” MCHJ hamda bojxona omborxonalarida saqlanayotgan 3,2 mln. dondan ziyod dori vositalari yo‘q qilinmoqda.

💊Shu jumladan, yurtimizda bolalar halokati va nogironligiga sababchi bo‘lgan “Dok1 Maks” va “Ambronol” dori vositalari ham tegishli tartibda maxsus pechlarda yoqish orqali zararsizlantirilmoqda.

👨‍⚕️ Ushbu jarayonda Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tumani boʻlimi xodimlari ham faol ishtirok etib, nazorat ishlarini olib bormoqda.

🔎 Yakkasaroy tumani xodimlari tomonidan dorilar yoʻq qilish jarayoni qatʼiy nazorat ostida olib borilmoqda va bu orqali aholiga ishonchli sogʻlom muhit yaratishga hissa qoʻshilmoqda.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


13-09-2025, 13:00
Ortga qaytish