Bosh sahifa / Zaharlanish xavfi bo'lgan go'sht qiymasi savdosi to'xtatildi

Zaharlanish xavfi bo'lgan go'sht qiymasi savdosi to'xtatildi

🔎 Bugun Farhod dehqon bozorida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tumani bo‘limi mutaxassislari hamda Veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi xodimlari tomonidan reyd o‘tkazildi.

🥩 Tekshiruv davomida organoleptik xususiyatlari o‘zgargan, iste’mol qilinganda zaharlanish holatini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan 11 kg qiyma go‘sht mahsuloti aniqlandi va tegishli tartibda brakeraj qilindi.

✅ Go‘sht mahsulotlarini xarid qilayotganda e’tibor bering:

🛒 Faqat rasmiy savdo nuqtalari yoki ishonchli do‘konlardan oling;
📄 Mahsulotning veterinariya-sanitariya hujjatlari mavjudligini tekshiring;
📆 Yaroqlilik muddati va ishlab chiqarilgan sanasini diqqat bilan ko‘ring;
❄️ Mahsulotning sovutgichda saqlanganligiga ishonch hosil qiling.

🚫 Eslatib o'tamiz, qayerda va qachon tayyorlangani noma’lum tayyor qiyma go‘shtni xarid qilmang. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


12-09-2025, 13:34
Ortga qaytish