11–12 sentyabr kunlari davom etadigan ushbu seminar:
🔹Davlat organlari bilan samarali hamkorlik qilish,
🔹Zamonaviy raqamli axborot almashinuvi tizimlaridan foydalanish masalalariga bag‘ishlanadi.
📌 Seminar “JTSQni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan tegishli davlat organlari bilan o‘z vaqtida aloqa qilish sifatini oshirish uchun raqamli axborot almashinuvi tizimlaridan foydalanish” mavzusida tashkil etilmoqda.
👩⚕️👨⚕️ Tadbirda Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi mutaxassislari boshchiligida tuman bo‘limlari xodimlari faol ishtirok etmoqda.
🔎 Ushbu seminar jamoat salomatligi sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, tezkorlikni oshirish hamda xalqaro tajribani o‘rganish uchun muhim maydon vazifasini o‘taydi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati