Bosh sahifa / EHTIYOT BO'LING — PEDIKULYOZ!

EHTIYOT BO'LING — PEDIKULYOZ!

Pedikulyoz – bu bosh terisida bitlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq yuqumli kasallik. U nafaqat noqulaylik tug‘diradi, balki gigiyena va sog‘liq uchun ham xavf tug‘diradi.

🔎 Kasallik qay belgilar orqali namoyon bo'ladi?

✔️ Bosh terisida kuchli qichishish;
✔️ Soch orasida bitlar (mayda oq dog‘chalar) ko‘rinishi;
✔️ Qashigan joylarda yaralar va qizarishlar paydo bo‘lishi;
✔️ Bolalarda bezovtalik, uyquning buzilishi.

❓Pedikulyoz qanday yuqadi?

🔹Shaxsiy gigiyenaga rioya qilmaslik;
🔹Birgalikda soch tarog‘i, shlyapa, yostiq yoki sochiq ishlatish;
🔹Jamoat joylarida yaqin aloqa (maktab, bog‘cha va h.k.) qilish orqali yuqadi. 

Kasallikdan saqlanish uchun qanday qoidalarga rioya qilish zarur?

🚿Shaxsiy gigiyenaga qat’iy amal qiling;
💇‍♀️Bolalarning sochini muntazam tekshirib turing;
👒Shaxsiy buyumlarni (soch taroqlari, shlyapa, sochiq) hech qachon boshqalar bilan almashmang;
🏫O‘quv muassasalarida muntazam sanitariya nazoratini ta’minlash lozim.

🚑 Agar pedikulyoz aniqlansa, darhol shifokorga murojaat qiling va dorixonada maxsus vositalar yordamida davolanishni boshlang.

⚠️ Unutmang! Pedikulyoz – uyatchanlik emas, sog‘liq masalasi. Uni vaqtida davolash va oldini olish orqali o‘zimizni va yaqinlarimizni himoya qilamiz.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


11-09-2025, 12:00
Ortga qaytish