Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo'limi mutaxassislari tomonidan Mirobod dehqon bozorida Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan hamkorlikda mahsulotlarning sifati to'liq nazoratga olinib, poliz ekinlari xususan, tarvuz, qovun mahsulotlarining nitrat miqdori monitoringdan o'tkazildi va me'yorida ekanligi aniqlandi.
Shuningdek, "Fayzobod" hamda "Ziyonur" mahallasidagi oziq-ovqat do'konlaridan sifati kafolatlanmagan 5 kg chuchvara, 7 kg lag'mon hamiri, 8 kg somsa hamiri, 3 kg noxot hamda muddati o'tgan ayron va konserva mahsulotlari savdosi to'xtatilib, yo'q qilish chorasi ko'rildi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan sotuvchilarga nisbatan ogohlantirish choralari qo'llanilib, Sanitariya qoida va me'yorlariga ko'ra faoliyat olib borish bo'yicha tushuntirish berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati