Vazn ortishi va semizlik
Qandli mahsulotlar yuqori kaloriyaga ega bo‘lib, ular organizmda yog‘ sifatida to‘planadi. Bu vazn ortishiga olib keladi va semizlik xavfini oshiradi. Semizlik esa yurak kasalliklari va qandli diabet xavfini oshiruvchi omildir.
Qandli diabet xavfi
Oddiy shakar qonda glyukoza miqdorini keskin oshiradi. Doimiy ravishda yuqori miqdorda qand iste’mol qilish organizmda insulin qarshiligini keltirib chiqarishi mumkin, bu esa II turdagi qandli diabet rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Yurak-qon tomir kasalliklari
Qandning ortiqcha iste’moli triglitserid darajasini oshirib, qon bosimini ko‘taradi. Bu yurak-qon tomir kasalliklariga olib kelishi mumkin.
Tishlarning shikastlanishi
Qand bakteriyalar uchun oziq-ovqat vazifasini bajaradi va ularning ko‘payishiga yordam beradi. Bu tish emalining yemirilishi va kariyes paydo bo‘lishiga olib keladi.
Energiya kamayishi va charchoq hissi
Shakar tez energiya beradi, lekin uning darajasi tez tushib ketadi. Bu esa charchoq va holsizlikni keltirib chiqaradi.
Ichak mikroflorasining buzilishi
Qandning ortiqcha iste’moli ichakdagi foydali bakteriyalar muvozanatini buzishi mumkin. Bu ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi.
Shu sababli qandli mahsulotlarni me’yorida iste’mol qiling. Meva va sabzavotlarga ustunlik bering. Qandni asalli yoki boshqa tabiiy alternativalar bilan almashtirishga harakat qiling. Kundalik ovqatlanishda shakarni nazorat qiling va qayta ishlangan mahsulotlardan iloji boricha cheklaning.
Sog‘lig‘ingizni asrang va shirinliklarni me’yorda iste’mol qiling!
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati