Bosh sahifa /  Aholi salomatligini favqulodda vaziyatlarda boshqarish bo‘yicha xalqaro seminar boshlandi

 Aholi salomatligini favqulodda vaziyatlarda boshqarish bo‘yicha xalqaro seminar boshlandi

Bugun AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) Grant loyihasi doirasida Toshkentda “Operatsiyalashtirish Konsepsiyalari” (CONOPS) mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o‘z ishini boshladi.


Mazkur seminarda Sanepidqo‘mita, uning hududiy boshqarmalari mutaxassislari, shuningdek boshqa mas’ul tashkilotlar vakillari, xususan, Toshkent shahar boshqarmasi Dezinfeksiya bo‘limi mudiri To‘lagan Abzalov ham ishtirok etmoqda.

Seminarning asosiy maqsadi — favqulodda holatlarda aholining sog‘lig‘ini samarali muhofaza qilish bo‘yicha milliy salohiyatni mustahkamlash va muvofiqlashtirish tizimini kuchaytirishdan iborat.

Tadbir 1-avgustga qadar davom etadi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


29-07-2025, 18:46
Ortga qaytish