Bosh sahifa / Mirobod tumani bo’limida ta’mirlash ishlari davom etmoqda

Mirobod tumani bo’limida ta’mirlash ishlari davom etmoqda

Joriy yil o'tkazilgan "Tashabbusli budjet" loyihasining 1-mavsumida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi  ham ishtirok etdi. 

Xususan, binoni to’liq ta’mirlash, ya’ni fasad qismi ta’miri, darvozani yangilash hamda bino hovlisidagi yer maydonida ekilgan daraxtlar uchun sug‘orish tizimini tashkillashtirish bo'yicha kiritgan tashabbusi 1 102 ta ovoz bilan g’olib bo’lgan edi.

Bugun ushbu tashabbus asosida Mirobod tumani bo’limi binosida tashkil etilgan ta’mirlash ishlari bo’lim mudiri Dilnoza Ahmedova tomonidan qurilish ishlari nazoratga olingan.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi 
Axborot xizmati


26-07-2025, 15:30
Ortga qaytish