Bosh sahifa / Iste'mol uchun yaroqsiz mahsulotlar savdosi to'xtatildi

Iste'mol uchun yaroqsiz mahsulotlar savdosi to'xtatildi

Qo‘yliq dehqon bozorida o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlarida iste’mol uchun yaroqsiz mahsulotlar savdosi aniqlandi.

🔎O‘rganishlar davomida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi mutaxassislari va Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari tomonidan sifati kafolatlanmagan, tegishli hujjatlari mavjud bo‘lmagan 7 kg mol go'shti qiymasi, 6 kg jigar, 8 kg molning ichki aʼzolari, 20 litr miqdorda ikkilamchi polietilen idishlarda saqalanayotgan ayron va sut mahsulotlari savdosi aniqlandi.  Mahsulotlar savdodan olinib, belgilangan tartibda brakeraj qilindi.

📝Sotuvchilarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni qaytarmaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi va ogohlantirish choralari ko‘rildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi 
Axborot xizmati


26-07-2025, 17:00
Ortga qaytish