Mirobod tumani “Furqat” istirohat bog‘i hududida joylashgan savdo do‘konlarida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mudiri Dilnoza Ahmedova hamda mas’ul mutaxassislar tomonidan sanitariya qoidalariga rioya qilinishini o‘rganish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
✅ O‘rganish jarayonida iste’molchilarga sotilayotgan mahsulotlar orasida noma’lum sharoitda tayyorlangan va noqonuniy tashkil etilgan 20 litr ayron hamda 50 litr kompot mahsulotlari aniqlanib, belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
✅ Mazkur holatlar yuzasidan fuqarolarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirildi va tegishli choralar ko‘rildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati