Bosh sahifa / Tuman bo'limlarida navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" taqdim etildi

Tuman bo'limlarida navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" taqdim etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga asosan davlat xizmatchilarining siyosiy savodxonligi va ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish maqsadida har juma kuni mamlakatimiz bo‘ylab “Siyosiy-ma’rifat soati” o‘tkazilib kelinmoqda.

Shu haftadagi siyosiy-ma’rifiy dars Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasining tuman bo'limlarida bo‘lib o‘tdi.  Ma’rifat soati davomida kunning dolzarb mavzulari, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar hamda xalqaro voqealarga oid muhim ma’lumotlar yetkazildi. 

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan uyushtirilgan davlat tashriflari, muhim uchrashuvlar yuzasidan ma'lumot berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi 
Axborot xizmati


25-07-2025, 13:30
Ortga qaytish