Murojaatga ko'ra, aholi istiqomat qiluvchi ko'p qavatli uylarda yuqumli kasalliklarga qarshi dezinfeksiya tadbirlarini o’tkazish uchun amaliy yordam ko'rsatish so'ralgan.
‼️Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo'limi dezinfektor xodimlari tomonidan Yangi Qo’yliq 4-mavzesidagi ko’p qavatli uylar atrofi va irrigatsiya tarmoqlarida aholi yo’llagan murojaatga asosan profilaktik dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirildi.
✅Dezinfeksiya vaqtida, kirish yo’laklari, uyning tevarak atrofi va irrigatsiya yo’llari kimyoviy vositalar yordamida to’liq zararsizlantirildi hamda aholiga uy-joy orastaligini saqlash, o'z vaqtida tozalik ishlarini olib borish yuzasidan sanitariya targ'iboti olib borildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati