Bosh sahifa / Nazorat davomida iste'mol uchun yaroqsiz qiyma savdosi to'xtatildi

Nazorat davomida iste'mol uchun yaroqsiz qiyma savdosi to'xtatildi

Navro'z dehqon bozorida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida iste’mol uchun yaroqsiz mahsulot saqlanayotgani aniqlandi.

O‘rganishlar davomida 7,8 kg go'sht qiymasi iste'molga yaroqsiz holga kelib, hidlanib qolganligi ma'lum bo'ldi. Mahsulot zudlik bilan savdodan olinib, belgilangan tartibda brakeraj qilindi.

Tadbirda Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tumani bo‘limi mutaxassislari va Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari ishtirok etdi.

Sotuvchilarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha ogohlantirish berildi, tushuntirish ishlari olib borildi va ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


23-07-2025, 13:27
Ortga qaytish