Yashnobod tumanidagi dehqon bozorida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida iste’mol uchun yaroqsiz mahsulotlar aniqlandi.
O‘rganishlar davomida:
15 kg noma’lum sharoitda tayyorlangan qiyma;
30 litr sifatsiz sut mahsuloti sotuvga chiqarilgani aniqlandi. Ular zudlik bilan savdodan olinib, belgilangan tartibda brakeraj qilindi.
30 litr sifatsiz sut mahsuloti sotuvga chiqarilgani aniqlandi. Ular zudlik bilan savdodan olinib, belgilangan tartibda brakeraj qilindi.
Tadbirda Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tumani bo‘limi mutaxassislari va Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari ishtirok etdi.
Sotuvchilarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha ogohlantirish berildi, tushuntirish ishlari olib borildi va dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati