Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida Oltintopgan mahallasida fuqaro tomonidan ruxsatsiz tashkil etilgan konserva mahsulotlari ishlab chiqarish nuqtasi faoliyati aniqlandi.
O‘rganish davomida:
➖faoliyat tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirilgani;
➖sanitariya-gigiyena talablariga umuman rioya qilinmagani;
➖ishchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganligi;
➖antisanitariya holatida tayyorlangan mahsulotlar iste’molchilarga yetkazilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat bo‘yicha qonunchilikka muvofiq hujjatlar rasmiylashtirilib, noqonuniy sex faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Eslatib o'tamiz, sifatsiz konserva mahsulotlarini iste’mol qilish botulizm kasalligiga olib kelishi mumkin. Bu esa markaziy asab tizimi falaji, hatto o‘lim holatiga sabab bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati