Mirzo Ulug'bek tumani bo'limi mutaxassislari tomonidan Navro‘z dehqon bozorining Bo‘z shoxobchasida o‘tkazilgan nazorat tadbirida ovqatdan zaharlanish holatini keltirib chiqarunchi holatlar aniqlandi.
Nazorat tadbiri davomida:
Tovuq rastasida 22,5 kg tovuq ichki a’zolari hidlana boshlagani sababli belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
Go‘sht mahsulotlari sotuv nuqtasida esa noma’lum sharoitda tayyorlangan 2 litr tushonka aniqlanib, savdodan olindi.
Fuqarolarga mahsulotlar sifati, saqlanish muddati va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Eslatma: Muddati o‘tgan, saqlash sharoiti noma’lum va ruxsat etilmagan oziq-ovqat mahsulotlari nafaqat salomatlikka, balki hayotga ham xavf tug‘diradi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati