Bosh sahifa / Somsaxona faoliyati qoniqarsizligi aniqlandi

Somsaxona faoliyati qoniqarsizligi aniqlandi

Ommaviy ovqatdan zaharlanishlarni oldini olish maqsadida, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mutaxassislari tomonidan Oq yo’l ko’chasida joylashgan somsaxonaning sanitariya holati bo’yicha nazorat o’rnatildi.

Aytish joizki, o'rganishlar davomida, ishchi xodimlarning davriy tibbiy ko'rikdan o'tmasdan ish olib borishi hamda binoning antisanitariya holatda bo’lishiga qaramasdan faoliyat olib borilishi ma’lum bo’ldi. 

Shuningdek, Sanitariya qoida va me'yor talablariga mutlaqo amal qilmasdan ishlayotganligi uchun fuqaroga nisbatan jarima bayonnomasi rasmiylashtirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


18-07-2025, 15:20
Ortga qaytish