Bosh sahifa / Iste'mol uchun xavf tug'diruvchi mahsulotlar savdodan olindi

Iste'mol uchun xavf tug'diruvchi mahsulotlar savdodan olindi

Dehqon bozorida olib borilgan navbatdagi o'rganishlar davomida  iste'mol uchun yaroqsiz bo'lgan  3,5 kg qiyma, 95 kg makkajo'xori, 7,5 litr sut,  9 litr go'ja mahsulotlari savdodan olindi va o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.  

Ushbu holat Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tumani bo‘limi mas'ul xodimlari, Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari, bozor tozalik hodimlari hamda ichki ishlar xodimlari  tomonidan bozor rastalarida sotilayotgan mahsulotlar sifatini nazoratdan o'tkazish jarayonida aniqlandi. 

Shuningdek, sotuvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasidan sotuvchilar hamda bozor ma’muriyatiga tushuntirish ishlari olib borildi hamda dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


16-07-2025, 12:08
Ortga qaytish