Bosh sahifa / Sifati buzilgan mahsulotlarni yo’q qilish choralari ko’rildi

Sifati buzilgan mahsulotlarni yo’q qilish choralari ko’rildi

Aholi o‘rtasida o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari va ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish maqsadida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo'limi mutaxassislari tomonidan Qo‘yliq dehqon bozori hududida o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbiri davomida iste’molga yaroqsiz, sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari aniqlanib, savdodan chetlashtirildi.

✅Xususan, organoleptik tovar ko‘rinish xususiyatlarini yo‘qotgan, iste’molga yaroqsiz 10 kg kolbasa va kolbasa mahsulotlari, 20 kg tovuq go‘shti va nomaʼlum sharoitda tayorlangan 17 litr ayron savdosi bartaraf etilib, joyida savdo rastasidan olib tashlandi va amaldagi tartib asosida brakovka qilindi.

✅Sotuvchilarga oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash tartiblariga rioya etish yuzasidan ko’rsatma va tavsiyalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


15-07-2025, 11:10
Ortga qaytish