Bosh sahifa / Ovqatlanish shoxobchasida profilaktik zararsizlantirish ishlari olib borildi

Ovqatlanish shoxobchasida profilaktik zararsizlantirish ishlari olib borildi

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan  "Evroasia catering global" MCHJ`da yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari, zararkunanda va kemiruvchilarga qarshi profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya ishlari olib borildi. 

Profilaktik tadbirlar doirasida quyidagilar amalga oshirildi:

✅Ovqatlanish shaxobchasining barcha binolarida bakteriya va viruslarga qarshi dezinfeksiya ishlari olib borildi.
✅ Zararkunanda hasharotlar (chivin, pashsha, burga va boshqalar) ni kamaytirish maqsadida dezinseksiya ishlari amalga oshirildi.
✅ Kemiruvchilarga qarshi deratizatsiya choralari ko‘rilib, maxsus vositalar qo‘llanildi.
✅ Sanitariya qoidalariga rioya qilish bo‘yicha ovqatlanish shooxobchasining xodimlariga tushuntirish ishlari o‘tkazildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


14-07-2025, 11:09
Ortga qaytish