Bosh sahifa / Umumiy ovqatlanish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to’xtatildi 

Umumiy ovqatlanish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to’xtatildi 

Mirobod tumani prokurori tomonidan tashkil etilgan sayyor qabul davomida fuqarodan kelib tushgan murojaat asosida, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mudiri Dilnoza Ahmedova hamda mas’ul mutaxassislar tomonidan “CHEBUREK HOUSE” umumiy ovqatlanish shoxobchasida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Biznes ombudsman xulosasi asosida amalga oshirilgan tekshiruv jarayonida sanitariya-gigiyena talablariga mutlaqo rioya qilinmaganligi, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi va tayyorlanishida bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan shoxobchaning faoliyati vaqtincha to‘xtatilib, muhrlab qo‘yildi.

Bundan tashqari, bakteriologik laboratoriya tekshiruvi uchun surtma namunalar hamda oziq-ovqat va ichimlik suvi namunalari olindi. Ular belgilangan tartibda laboratoriya sinoviga yuborildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


14-07-2025, 11:08
Ortga qaytish