Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tumani bo'limi mutaxassisislari tomonidan tuman ko'chalari bo'ylab o'tkazilgan reyd tadbirida noma'lum sharoitlarda tayyorlangan, sifat va xavfsizligi kafolatlanmagan mors va kvas salqin ichimliklari noqonuniy savdosi aniqlandi.
Mahsulotlarning sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlari, idish qopqoqlari muhrlanmagani, sotuvchi tibbiy ko'rikdan o'tmagan holda faoliyat yuritayotgani va mahsulot quyosh tig'ida saqlanayotgani ma'lum bo'ldi.
Iste'mol uchun xavfli bo'lgan 430 litr mors va 420 litr kvas salqin ichimliklari savdolardan olinib, brakeraj qilindi. Sotuvchilarga noma'lum sharoitda tayyorlangan, sifat va xavfsizligi kafolatlanmagan mahsulotlar savdosiga qo‘yilgan taqiqlar yuzasidan ogohlantirishlar berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati