Organoleptik xususiyatlarini yo‘qotgan 2 kg qandolat mahsulotlari, iste’molga yaroqsiz 3 kg limon hamda sifati kafolatlanmagan, noma’lum sharoitda tayyorlangan 20 dona fast-fud mahsulotlari savdodan olinib belgilangan tartibda yo’q qilindi.
Ushbu jarayon oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi tomonidan “Qorasuv” mahallasidagi oziq-ovqat do’konlarida o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlari davomida aniqlandi.
Shu munosabat bilan barcha tadbirkorlik subyektlariga savdoga chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini doimiy ravishda nazorat qilish, saqlash va realizatsiya qilishda amaldagi sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish lozimligi yana bir bor eslatiladi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati