Bosh sahifa / Ovqatlanish shoxobchasining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Ovqatlanish shoxobchasining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tuman bo‘limi rahbari Olim Anvarov boshchiligida  mutaxassislar tomonidan  “MaxFeed” MCHJ ovqatlanish shoxobchasida sanitariya-epidemiologik tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida ovqat tayyorlash, saqlash va taqdim etish jarayonlarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinmaganligi, shuningdek, muassasa faoliyati inson salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkinligi aniqlandi.

Tadbir davomida ovqatlanish shoxobchasidan tahlil uchun  ichimlik suvi hamda oziq ovqat mahsulotlaridan namunalar, oshxona xodimlari  ust-boshilaridan, qoʻllaridan surtmalar olinib, belgilangan tartibda Sanepidqoʻmita Sergeli tuman boʻlimi bakteriologik laboratoriya boʻlinmasiga topshirildi.

Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar shoxobcha faoliyati vaqtincha to‘xtatilib, muhrlandi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


11-07-2025, 13:16
Ortga qaytish