Bosh sahifa / Iste'mol uchun yaroqsiz bo'lgan kolbasa mahsulotlari savdodan olindi

Iste'mol uchun yaroqsiz bo'lgan kolbasa mahsulotlari savdodan olindi

Dehqon bozorida olib borilgan navbatdagi o'rganishlar davomida  iste'mol uchun yaroqsiz bo'lgan 20 kg kolbasa  mahsulotlari savdodan olindi va o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.  

Qayd etish kerakki, ushbu holat Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tumani bo‘limi mas'ul xodimlari hamda Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari tomonidan bozor rastalarida sotilayotgan mahsulotlar sifati nazoratdan o'tkazish jarayonida aniqlandi. Shuningdek, sotuvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasidan sotuvchilar hamda bozor ma’muriyatiga tushuntirish ishlari olib borildi hamda dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi 
Axborot xizmati


10-07-2025, 10:22
Ortga qaytish